Sahifa

Saytdan foydalanish qonun qoidalari

Saytdagi barcha savol-javoblar, materiallar va boshqa ma’lumotlar «Axborotlashtish to’g’risida»gi  qonun bilan(asosan bloggerlar haqidagi qismlari bilan) tartibga solinadi, bu qonunga zid barcha materiallar o’chirib yuboriladi.

Savol-Javob servisidan foydalanishingiz uchun quyidagi qoida va shartlarga amal qilishingiz zarurdir.

Quyidagi kelishuv-shartlarni o`qing va ularga amal qiling:

1. Sayt ma’muriyatining o`rni.

1.1. Ushbu kelishuv-shart, sayt ma’muriyati va foydalanuvchi o`rtasidagi saytdan foydalanish mobaynida

yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

1.2. Sayt ma’muriyati, foydalanuvchi saytdan olgan ma’lumotlari asosida amalga oshiradigan hatti-harakatlari uchun mas’ul emasdir.

1.3. Sayt foydalanuvchilari savol berishi, javob berishi, izoh qoldirishi  va foto ma’lumotlarini yuklash imkoniyatiga egadir.

1.4 Sayt ma’muriyati foydalanuvchining roziligisiz saytga joylashtirilgan savol, javob, izoh, foto va boshqa materiallarni cheklab qo`yish, o`zgartirish va olib tashlash huquqiga ega.

2. Sayt ma’muriyatining huquq va majburiyatlari.

2.1 Sayt ma’muriyati o`z ixtiyoridan kelib chiqib, sayt dizaynini va hizmatlarini ishlab chiqishga va lozim bo`lganda o`zgartirishga haqli.Shuningdek, saytni yuritishga, tahrirlashga va cheklovlar kiritishga haqli.

2.2 Sayt ma’muriyati, saytni rivojlantirish maqsadida tadbirkorlik  faoliyatini yurgizishga, tijoriy reklamalarni joylashtirishga va biznes loyihalarda ishtirok etishga haqli.

2.3 Sayt ma’muriyati, foydalanuvchining vaqtinchalik saytga kirishini cheklashga, foydalanuvchi bir necha marta sayt qoidalarini buzganida foydalanuvchining akkauntini o`chirib qo`yishga, yoki vaqtinchalik qulflab va cheklab qo`yishga haqli.

2.4 Sayt ma’muriyati, foydalanuvchi saytga kiritgan  savol, javob, izoh va foto materiallarini o`zgaritirishlar kiritish imkoniyatini beradi.

2.5 Sayt ma’muriyati, foydalanuvchilar orasidagi munozaralarga aralashmaydi, biroq agar zaruriyat tug`ilsa  chora ko`rishga haqli. Biror foydalanuvchi faoliyatiga nisbatan norozilik bildirilsa, ma’muriyat  ko`rib chiqib  mazkur foydalanuvchini, lozim topsa, saytga kirishini man qilishga haqli.

2.6 Sayt foydalanuvchilari, moderatorlar va tahrirlovchilar biror savol yoki javobni yashirib qo`ygan holatlarda, sayt ma’muriyati lozim topsa bu savol-javoblarni qayta nashr qilishga haqli.

2.7 Sayt administratorlari va moderatorlari foydalanuvchilar sayt qoidalarini buzganlarida ularni ogohlantirmasdan materiallarini o`chirib tashlashga va uni qulflab qo`yishga haqlidirlar.

3. Foydalanuvchilarning saytda faoliyat yuritishlari.

3.1 Foydalanuvchi saytda savol, javob yoki izoh yozishdan avval sayt g`oyasi va kelishuv-shartlari bilan tanishib chiqishi shart.

3.2 Foydalanuvchi saytda savol yoki javob berishi hamda izoh qoldirishi mumkin.

3.3 Foydalanuvchining savol-javobi yoki izohi biror zaruriy  muammoni ko`tarishi, uni yechimini  iloji boricha  to`liq va mukammal ochishi, faqat savol beruvchiga emas, balki butun sayt qatnashchilariga foydali bo`lishi lozim.

3.4 Foydalanuvchi fikrlarini aniq, tushunarli ifoda qilishga harakat qilishi lozim.

3.5 Savol, javob va izohlar grammatik xatolarsiz yozilishi lozim.

3.6 Foydalanuvchi savol yozishdan avval qidiruv hizmatidan foydalanish lozim. Saytda savolingizga javob berilgan bo`lishi mumkin.

3.7 Foydalanuvchi, saytda boshqa saytlardan olingan ma’lumotlar kiritganida, to`liq javobgarlik  uning bo`ynida bo`ladi.

3.8 Foydalanuvchi savol bergandan so’ng, unga berilgan javoblar orasidan eng yaxshisini topib, uni belgilab(«птичка»ni bosgan holda), savolni yopishi shart. Agar savolga aniq javob berilmasa, muammoni to’liqroq yoritib borishi kerak. Savolga to’liq javob olingan bo’lib, shu savolni yopmasa va bu holat ko’p takrorlansa, foydalanuvchi blok qilinadi.

3.9 Shaxsiy (ma’lum bir foydalanuvchiga tegishli bo’lgan) xabarlar izohda yozilishi kerak.

4. Foydalanuvchilar uchun man qilingan holatlar.

4.1 Uyatsiz, fahsh, be’mani, boshqalarning obro`sini tushiradigan savol, javob, izoh yozish qat’iyan man etiladi.

4.2 Mazmunsiz savol-javoblar, izohlar o`chirib tashlanadi, ularning muallifi esa jazolanadi. Savolni tushunarli, javobni to`liq berishga harakat qiling.  Javobni «Ha», «Yo`q», «Bor», «Bilmadim» kabi shaklda  yozilishi saytning g`oyasiga to`g`ri kelmaydi va ular o`chirib tashlanadilar.

4.3 Javobini o`zingiz biladigan savollarni qo`yish ham  saytning g`oyasiga yod. Sizni o`ylantirayotgan va javobini topaolmayotgan savollarni berishingiz maqsadga muvofiqdir.

4.4  Saytga yengil-yelpi  munosabatda bo`lishning barcha ko`rinishlari  man etiladi va bunday munosabatga asoslangan barcha savol, javob, izohlar o`chirib tashlanadi.

4.5 Leksik normalarga javob bermaydigan so`zlardan tuzilgan savol-javoblarga o`rin yo`q.

4.6 Har bir savol alohida kiritilishi kerak, bitta savol ichida bir necha savollarni berish mumkin emas. Berilgan savolni aniqlashtirish uchun izoh orqali savol berishga ruhsat beriladi.

4.7 Savol va javoblar faqat IT(axborot texnologiyalari) yo’nalishida bo’lishi kuzatib boriladi, boshqa mavzular haqidaga savol-javoblar o’chirib tashlanadi.

4.8 O`z saytingizni va boshqa saytlarni reklama qilish mumkin emas.

4.9 Sayt foydalanuvchilarining dini, millati va kelib chiqishiga qarab kamsitilishiga yo`l qo`yilmaydi.

4.10 Nojiddiy munosabatlarning barcha ko`rinishlari qat’iyan man etiladi.

4.11 Be’mano savol-javoblar ogohlantirishsiz o`chirib tashlanadi.

4.12 Faqat o`z obro`sini oshirishga, o`zini ko`rsatish maqsadida  berilgan savol-javoblar o`chirib tashlanadi.

4.13 Harflarni yozishda  faqat katta harflar bilan yoki katta-kichik harflarni aralashtirib so`z, gap yozish man qilinadi.

4.14 Sayt a’zolari orasida bir-birlaridan ovoz berishni so`rash, ball qo`yishni so`rash, kelishib bir-birlariga ovoz berishni so`rab yozishmalar qilish  qat’iyan man qilinadi.

4.15 Sayt qoidalariga va shartlariga muntazam  bo`ysunmaydigan foydalanuvchilarning akkauntlari o`chirib tashlanadi.

4.16 Savol yozishda savol ma’nosini anglatadigan so`zlarni yozing. Foydalanuvchilar savolni ochmay turib savol nima haqida ekanligini bilishlari lozim.